O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi
“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

Shveytsariya Superligasining qoldirilgan 4-tur uchrashuvida «Lugano» o‘z maydonida «Sankt-Gallen»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Espinosa hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqada Behruz Karimov hujumdagi vaziyatdan unumli foydalanib, «Sankt-Gallen» darvozasini ishg‘ol qildi. Bu uning «Lugano» safidagi ilk goli bo‘ldi.
Karimov ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi. Yakunda «Lugano» 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, chempionatdagi ochkolari sonini 22 taga yetkazdi va turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.
Shu tariqa, Behruz Karimov Shveytsariya Superligasida gol urgan o‘zbekistonlik futbolchilar qatoridan joy oldi.








