Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilganini e’lon qildi.
39 yoshli futbolchi bu qarorga finaldan ikki kun o‘tib, 21-iyul kuni kelganini, biroq uni ommaga ma’lum qilishdan oldin uzoq vaqt o‘ylaganini bildirdi.
«Bu qaror qalbimni og‘ritdi va hanuz og‘ritmoqda. Ammo hozir buning ayni vaqti ekanini tushunaman. Men har doim bu libos uchun borimni berdim, sizlarga quvonch ulashish va futbol orqali argentinalik ekaningizdan faxrlanishingiz uchun harakat qildim», — deb yozdi Messi.
Futbolchi terma jamoadagi faoliyati davomida muxlislar tomonidan ko‘rsatilgan mehr va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi. U endi Argentina terma jamoasini muxlis sifatida qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
«Men o‘zimni terma jamoaga butunlay bag‘ishladim, endi beradigan boshqa narsam qolmadi. Ortimizdan juda iqtidorli yoshlar kelmoqda va ular terma jamoada bo‘lishga loyiq», — dedi argentinalik futbolchi.
Messi jamoadoshlari, murabbiylar va terma jamoa rahbariyatiga ham minnatdorlik bildirib, Argentina bilan birga boshdan kechirgan lahzalarini «unutilmas xotiralar» sifatida yodda saqlashini aytdi.
Futbolchi, shuningdek, otasi Xorxe Messi bilan bog‘liq so‘nggi voqeadan keyin qarori yanada qat’iylashganini ma’lum qildi.
«Bugun esa otam bilan bog‘liq voqeadan keyin bu qarorimga avvalgidan ham ko‘proq aminman», — deya qo‘shimcha qildi Messi.
«Meni argentinalik qilib yaratgani uchun Xudoga shukr. Olg‘a, Argentina!» — deya so‘zlariga yakun yasadi Leo.
Messi Argentina bilan 2021 yilgi Amerika Kubogi, 2022 yilgi Finalissima va Jahon chempionati, shuningdek, 2024 yilgi Amerika Kubogida g‘olib bo‘lgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa Argentina finalda Ispaniyaga mag‘lub bo‘lib, kumush medal sohibi bo‘ldi.








