Sport

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Surxon” klubi himoyachisi Behruz Karimov faoliyatini Shveysariya Superligasi vakili “Lugano” klubida davom ettiradi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) xabar berdi.

 

18 yoshli futbolchi Toshkent shahrida yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Shundan so‘ng Karimov “Lugano” bilan shartnoma imzolagan.

 

Endilikda futbolchi Shveysariyada faoliyat yuritishi uchun zarur vizani olishi kutilmoqda. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, Karimov Shveysariyaga yo‘l oladi.

 

Shveysariyaning Contropiede nashri ham “Lugano” 18 yoshli o‘ng qanot himoyachisini “Surxon” safidan o‘z tarkibiga qo‘shib olganini xabar qilgan. Manbaga ko‘ra, klub transferni hozircha rasman e’lon qilmagan, biroq futbolchi shartnomani allaqachon imzolagan. “Lugano”ning rasmiy bayonoti yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

Behruz Karimov futbolchilik faoliyatini “Odil Junior” akademiyasida boshlagan. Yosh himoyachi 2026-yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan.

 

Karimovning “Lugano”ga transferi klubdagi o‘ng qanot himoyachisi Mattia Zanottining kelajagi borasidagi noaniqliklar fonida amalga oshmoqda. Italiyalik futbolchining boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda.

 

Ayni paytda “Lugano” Shveysariya Superligasida ikki turdan so‘ng 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasidan joy olgan. Musobaqa jadvalida “Young Boys” to‘plar nisbati bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"