Sport

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi



Messi Ispaniyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bitim rasman yakunlansa, u klub aksiyalarining 100 foizini sotib oladi. Shu tariqa Messi futbolga investitsiya kiritish orqali o‘z faoliyatini yana-da kengaytirmoqda.



“Eldense” Alikante viloyatidagi Elde shahrida joylashgan. Klub joriy mavsumda Ispaniyaning ikkinchi divizioni — Segundada ishtirok etmoqda.



Messi klubni amaldagi asosiy egasi — kolumbiyalik TH Soluciones Group S.A.S. investitsiya guruhidan sotib olishi kutilmoqda. Ushbu guruh “Eldense”ni 2025 yil oktyabr oyida nazoratiga olgan.



Bitimni rasmiylashtirish uchun so‘nggi yuridik va shartnomaviy jarayonlar, jumladan, moliyaviy tekshiruv — due diligence yakunlanishi kerak. Shuningdek, kelishuv Ispaniya Oliy sport kengashi (CSD) tomonidan tasdiqlanishi lozim.



Messi joriy yilning aprel oyida Ispaniyaning quyi divizionida ishtirok etuvchi «UE Cornellà» klubini ham sotib olgan edi. Agar “Eldense” bilan bitim yakunlansa, bu uning Ispaniya futbolidagi ikkinchi klub egaligi bo‘ladi.



“Eldense”ning sport natijalari esa hozircha qoniqarli emas. Jamoa mavsumning dastlabki to‘rtta liga uchrashuvida ikki ochko to‘plagan. Shu sababli klub bosh murabbiy Klaudio Barraganni isteʼfoga chiqargan.



Messi “Eldense”ni sotib olishi uning futboldagi investitsiya portfelini yana-da kengaytiradi. Biroq hozircha bu yakunlangan bitim emas, balki prinsipial kelishuv ekanini taʼkidlash muhim.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"