Sport

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Nyu-Yorkda tennis bo‘yicha yilning so‘nggi «Katta dubulg‘a» turniri — US Open start oldi.

 

Musobaqaning asosiy davrasida qatnashayotgan O‘zbekiston vakili Kamilla Rahimova birinchi bosqichda jahon reytingida 29-o‘rinda turgan chexiyalik Barbora Kreychikovani mag‘lub etdi.

 

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Rahimova ikkinchi setda tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga olib, 6:2 hisobida ustun keldi va uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi.

 

Bugun kechki dasturda yana bir tennischimiz Mariya Timofeyeva ham kortga chiqadi. U sloveniyalik Tamara Zidanshekka qarshi bahs olib boradi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"