Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi
Google va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi.

Talabalar Aileaders.uz platformasi orqali qiymati 60 dollarga teng Google Gemini AI Plus obunasini bepul olishi mumkin. Xizmat ilg‘or sun’iy intellekt modellari, 400 GB bulutli xotira va boshqa imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi va Google hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi. Google’ning talabalarni xalqaro verifikatsiyadan o‘tkazuvchi hamkor platformasi SheerID O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
Bu orqali talabalar Aileaders.uz platformasi yordamida talabalik maqomini tasdiqlab, Google Gemini AI Plus xizmatidan bir yil davomida bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Obunaning qiymati 60 AQSH dollariga teng.
Google Gemini AI Plus obunasi foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-
Gemini ilovasi — foydalanish limitlari oshiriladi va ilg‘or sun’iy intellekt modellaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
-
400 GB bulutli xotira — Google Photos, Google Drive va Gmail xizmatlari uchun umumiy xotira taqdim etiladi.
-
Google Flow — sun’iy intellekt yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish imkoniyatlari kengayadi.
-
Gmail’da Gemini — elektron pochta xizmatining o‘zida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
-
NotebookLM — audio va video materiallar bilan ishlash, ma’lumotlarni umumlashtirish hamda testlar tayyorlash kabi imkoniyatlardan kengroq foydalanish mumkin.
-
AI musiqa vositalari — sun’iy intellekt yordamida musiqa yaratish imkoniyatlari taqdim etiladi.
Shuningdek, platformada yetakchi xalqaro kompaniyalarning sun’iy intellekt bo‘yicha 100 dan ortiq kurslarini bepul o‘rganish mumkin.
Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganish va o‘z loyihalarini rivojlantirishga qiziquvchilar Startupbase.uz platformasi orqali startap loyihalarini boshlash imkoniyatlari bilan ham tanishishi mumkin.








