O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni O‘zbekiston – Britaniya iqtisodiy qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vaziri lord Anas Sarvarni qabul qildi.

Suhbat avvalida lord Sarvar davlat rahbariga Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Byornemning samimiy salomi va maxsus maktubini yetkazdi. O‘zaro manfaatli sheriklikni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy muloqot jadal rivojlanayotgani, barcha darajalardagi almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Xavfsizlik sohasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ortib bormoqda. O‘zbekistonda 260 ta qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

London fond birjasida O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining ilk IPOsi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Moliya sohasida “Standard Chartered” banki, neft-gaz tarmog‘ida esa “British Petroleum” kompaniyasi faol ish olib bormoqda.

Uchta qo‘shma oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi, Kembrij universiteti bilan hamkorlikda Prezident maktablari ishga tushirildi. Britaniyalik sayyohlar soni ham ortib bormoqda.

Infratuzilmani rivojlantirish, energetika, moliya, geologiya, transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda yangi loyihalarni ilgari surish, buni, jumladan, Britaniya eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF) ishtirokida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Buyuk Britaniya tomoni Toshkent shahrida “ingliz huquqi” tamoyillari asosida ishlaydigan Xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Poytaxtda tunda havo sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin. Kunduzi esa vaziyat yaxshilanishi kutilmoqda.

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida qariyb 28 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va tejaldi.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi o‘zgarish, Erkinjon Turdimov Bosh vazir birinchi o‘rinbosari hamda ta’lim va fan vaziri bo‘ldi, ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Nurafshondagi qurilishda soxta maʼlumotlar aniqlangan.

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Raqobat qo‘mitasi ushbu amaliyotni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bankka taklif yubordi.

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi.

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Hozircha sudyaning pul so‘ragani yoki olganini tasdiqlovchi dalil yo‘q.