O'zbekiston

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

 

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vatandoshlarni Yaman bilan chegara hududlariga yaqinlashmaslikka, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga hamda aviareyslar jadvalidagi ehtimoliy o‘zgarishlarni hisobga olishga chaqirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Diplomatik vakolatxona mintaqada saqlanib qolayotgan keskinlik sababli parvozlar jadvali, yo‘nalishlari va tranzit qoidalarida o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligini bildirgan. Bu holatlar reyslarning kechikishi, yo‘lovchilarning boshqa reyslarga o‘tkazilishi yoki parvoz yo‘nalishining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

 

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida ichki vaziyat barqarorligicha qolmoqda, jamoat xavfsizligiga tahdidlar yoki maxsus cheklov choralari qayd etilmagan.

 

Shu bilan birga, vatandoshlarga Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasidagi chegara hududlariga bormaslik, mahalliy hokimiyat organlarining xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish tavsiya etildi. Shuningdek, harbiy obyektlar va turli hodisalar oqibatlarini tasvirga olmaslik, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, rasmiy axborot manbalaridan foydalanish hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo yonida olib yurish so‘raldi.

 

Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolari mamlakatning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

 

Elchixona barcha vatandoshlarni ehtiyotkor bo‘lishga, tinchlik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Nurafshondagi qurilishda soxta maʼlumotlar aniqlangan.

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Raqobat qo‘mitasi ushbu amaliyotni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bankka taklif yubordi.

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi.

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Hozircha sudyaning pul so‘ragani yoki olganini tasdiqlovchi dalil yo‘q.

Gaz balloniga yashirilgan 42 kg opiy: Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh etildi

Gaz balloniga yashirilgan 42 kg opiy: Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh etildi

Tezkor tadbir davomida narkotik moddalarni olib ketish uchun kelgan ikki kishi va ularning buyurtmachisi ham qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

Tadbirda MDH mamlakatlari milliy oshxonasining pazandachilik an’analari namoyish etildi.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.