Jahon

Oltin kuz manzaralari

Oktyabr oyini kuzning haqiqiy go‘zalligini jamlagan davr deyish mumkin. Aynan shu vaqtda daraxtlar turli-tuman ranglarga kirgan, ammo hali barglar butunlay to‘kilib ulgurmagan bo‘ladi.

Oltin kuz manzaralari

 

Oktyabr oyini kuzning haqiqiy go‘zalligini jamlagan davr deyish mumkin. Aynan shu vaqtda daraxtlar turli-tuman ranglarga kirgan, ammo hali barglar butunlay to‘kilib ulgurmagan bo‘ladi. Kuzgi fotosessiyalar yoki shunchaki maroqli dam olish uchun tabiat qo‘yniga borishning ayni vaqti.

 

Ayniqsa bu davrda salqin havoda issiq sho‘rva ichib kino tomosha qilishning ham zavqi o‘zgacha.

 

Bugun biz sizga keyingi sayohatlarga ilhom berish uchun Yevropaning eng go‘zal kuzgi manzaralarini tayyorlaganmiz. Ularni tomosha qila turib bir onga bo‘lsada, o‘sha ertaknamo atmosferaga tushib qolganday bo‘lasiz.

 

1. Bled ko‘li, Sloveniya.

 

 

Bled ko‘lidan tog‘larni tomosha qilganda dunyodagi eng chiroyli manzarani ko‘rish mumkin. Bu Sloveniyadagi yagona tabiiy oroldir. Ko‘l atrofini 1,5 soatda aylanib chiqish mumkin. Suzish mumkin bo‘lmasada, u yerga borganlar qayiq ijaraga olib, suv havzasida aylanishi mumkin. Ko‘ldan turib olingan rasmlar Instagram ijtimoiy tarmog‘ida juda mashhur.

 

2. Ko‘llar o‘lkasi, Angliya.

 

 

Ko‘llar o‘lkasi juda ko‘plab romantik shoirlarni ilhomlantirgan. Ular orasida Semyuel Teylordan tortib Uilyam Vordsvortgacha bor. Shimoliy Angliyadagi mazkur nuqta 2017 yildan beri YUNESKO butunjahon merosi ro‘yxatida. Bu yerga erta tongdan borib shishadek tiniq ko‘l manzaralarini tomosha qilish mumkin.

 

3. Pertshir, Shotlandiya

 

 

Sayohatsevarlar Shotlandiyadagidek chiroyli kuz boshqa yerlarda bo‘lmasligini aytadi. Pertshir grafligida esa Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan jonli devor mavjud. U dunyodagi eng baland jonli devor sifatida qayd etilgan. Mahalliy o‘rmon Ermitaji esa kuzda tilla va olovrang tusga kiradi. Qadimiy yog‘och uychalar va sharsharalar esa manzarani to‘ldirib turadi.

 

4. Noyshvanshtayn qasri, Bavariya, Germaniya

 

 

"Real hayotdagi ertaknamo qasrlar" deb qidiruvga bersangiz, Noyshvanshtayn qasri birinchilardan bo‘lib chiqadi. Disney multfilmlaridagidek minorali qasr tepaliklar bilan o‘ralgan. Bavariya Alp tog‘larida joylashgan mazkur saroy qirol Lyudvig II uchun XIX asr oxirida qurilgan. Hozir esa faqat ekskursiyalar uchun ochiq.

 

5. Transilvaniya, Ruminiya

 

 

Transilvaniya nomi ko‘pchilikning yodiga vampirlar va gotika uslubi arxitekturani solishi mumkin. Ammo bundan tashqari mazkur nuqta kuzgi manzaralardan bahramand bo‘lish uchun ham ayni muddao. Masalan, Mochiar o‘rmonida sayr, toqqa chiqish kabi mashg‘ulotlar kuningiz maroqli o‘tishini taʼminlaydi.

 

6. Luara vodiysi, Fransiya

 

 

O‘zining sharobi bilan mashhur Fransiya Luarasi kuzgi manzaralari bilan ham sayyohlarni jalb qiladi. Bu vaqtda uzum dalalari to‘q qizil va alvon tusga kiradi. O‘rta asrlarga tegishli Shomon-syur-Luar saroyiga qovoq, bodring va boshqa sabzavotlar olib kelinadi. Bu yerda xalqaro bog‘ festivali o‘tkaziladi.

 

7. Laplandiya, Finlyandiya

 

 

Laplandiya odatda qish va Yangi yil bilan bog‘lanadi. Ammo kuzda ham bu yer sayyohlar bilan qaynayotgan bo‘ladi. Bu shimol yog‘dusi mavsumidir. Bundan tashqari, provinsiyaning asosiy shahri bo‘lgan Rovaniyemidagi o‘rmonlar ertaknamo manzara kasb etadi. Ammo harorat -2 darajaga tushib ketadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"