Jahon

AQShdagi “Alligator Alcatraz” qamoqxonasi yopilishi mumkin

Markaz hukumatga kuniga 1 million dollardan ortiq xarajat keltirayotgani qayd etildi.

AQShdagi “Alligator Alcatraz” qamoqxonasi yopilishi mumkin

AQSh ma’muriyati Florida shtatida joylashgan “Alligator Alcatraz” nomli migratsiya hibsxonasini yopish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Florida gubernatori Ron DeSantis ma’lum qildi deydi TASS.

 

Uning ta’kidlashicha, muassasa faoliyatini yakunlash bo‘yicha masala hozirda muhokama bosqichida bo‘lib, yangi Ichki xavfsizlik departamenti rahbari ham vaziyatni qayta ko‘rib chiqmoqda.

 

Dastlab noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurash modeli sifatida taqdim etilgan ushbu markaz keyinchalik yuqori xarajatlar va samaradorlikka oid savollar sababli tanqid ostida qolgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning ishlashi kuniga 1 million dollardan ortiq mablag‘ talab etadi.

 

“New York Times” nashri xabariga ko‘ra, muzokaralar dastlabki bosqichda bo‘lib, muassasaning iqtisodiy jihatdan samarasiz ekani qayd etilgan.

 

“Alligator Alcatraz” 2025-yil yozida ochilgan bo‘lib, u alligatorlar va zaharli ilonlar yashaydigan botqoqlik hududida joylashganligi bilan ham e’tiborni tortgan. Dastlab u kelgusidagi shunga o‘xshash markazlar uchun namuna sifatida ko‘rilgan edi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ar-Riyod esa javoban Yamandagi husiylar nishonlariga havo zarbalari berdi.