Jahon

Eron Mojtabo Xomanaiyning jarohatlari haqida ilk bor ma’lumot berdi

AQSh davlat rahbarining qiyofasi buzilganini da'vo qildi.

Eron Mojtabo Xomanaiyning jarohatlari haqida ilk bor ma’lumot berdi

Eron rasmiylari mamlakatning oliy rahbari Mojtabo Xomanaiyning jarohatlari tafsilotlarini ilk bor ommaga oshkor qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

 

Hukumat vakillariga ko‘ra, 28-fevral kuni Isroil va AQSh tomonidan amalga oshirilgan havo hujumi chog‘ida Mojtabo Xomanaiy zarba to‘lqini oqibatida yerga yiqilgan va natijada tizza hamda bel qismida jarohatlar olgan. Shuningdek, quloq orqasida yengil kesma ham qayd etilgan.

 

Eron rasmiylari uning belidagi jarohat allaqachon tuzalganini, tizza qismidagi jarohat esa tez orada sog‘ayishi kutilayotganini ma’lum qilgan. Quloq orqasidagi yengil jarohat esa tashqi ko‘rinishda sezilmas darajada ekanligi bildirilgan.

 

Oliy Rahbar devoni vakillari Mojtabo Xomanaiyning sog‘lig‘i barqaror ekani, u davlat ishlari va tegishli jarayonlarni nazorat qilishda davom etayotganini ta’kidlagan.

 

Shu bilan birga, AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegset Mojtabo Xomanaiyning " ehtimol, qiyofasi buzilgan" ekanligini aytgan.U o'z bayonotini Mojtaboning video yoki audio yozuvi yo'qligini ta'kidlagan. "Menimcha, siz nima uchunligini bilasiz", deb qo'shimcha qilgan AQSh Mudofaa vaziri. O'z navbatida, AQSh prezidenti Donald Tramp Mojtabo Xomanaiyning o'lganligi ehtimolini istisno etmagan

 

AQSh tomonidan bildirilgan ushbu da’volar Eron tomonidan rad etilib, rasmiy Tehron vakillari oliy rahbarning holati bo‘yicha xavotirga asos yo‘qligini qayd etgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"