Jahon

Haydar Aliyev belgilab bergan yo‘l

10-may — Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyev tavallud topgan kun. U mamlakatni og‘ir sinovlardan olib chiqib, mustaqil va qudratli davlat barpo etish yo‘lida tarixiy xizmatlar qilgan siyosiy arbob sifatida yodga olinmoqda.

Haydar Aliyev belgilab bergan yo‘l

10-may kuni Ozarbayjon xalqi umummilliy lideri Haydar Aliyevning tavallud ayyomini nishonlaydi. Bu kunda ular mamlakatni tarixning eng og‘ir pallalarida jar yoqasidan olib chiqqan va mo‘rt mustaqillikni mustahkam hamda buzilmas davlat poydevoriga aylantira olgan insonni minnatdorlik bilan yodga oladi, deb yozadi “Kaspi” gazetasi.

 

1990-yillar boshi Ozarbayjon uchun eng og‘ir sinovlar davri bo‘ldi. Endigina mustaqilligini tiklagan mamlakat iqtisodiy tanazzul, siyosiy tartibsizlik, Qorabog‘ urushi va chuqur ijtimoiy inqiroz girdobida qolgan edi. Yuz minglab qochqinlar, vayron bo‘lgan taqdirlar, ertangi kunga bo‘lgan xavotir... Go‘yo davlatning o‘zi parchalanish arafasiga kelgandi.

 

Aynan shunday pallada xalq Haydar Aliyevga murojaat qildi. Uning 1993-yilda hokimiyatga qaytishi oddiy siyosiy voqea emas edi. Millionlab insonlar uchun bu umidning qaytishi bo‘ldi. O‘sha paytda Ozarbayjon hissiyot bilan emas, balki tarixiy mas’uliyat asosida qaror qabul qila oladigan yetakchiga ega bo‘ldi.

 

Eng muhim qadamlardan biri 1994-yil may oyida o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga erishilgani bo‘ldi. Mashaqqat bilan qo‘lga kiritilgan bu tanaffus mamlakatni yanada holdan toyishdan saqlab qoldi va omon qolish kurashidan kelajakni qurish bosqichiga o‘tish imkonini berdi. Aynan o‘sha davrda kuchli, mustaqil va o‘z kuchiga ishongan davlat falsafasi shakllana boshladi.

 

Davlatchilik poydevori

 

Nisbatan qisqa vaqt ichida Haydar Aliyev inqiroz girdobidagi hududni aniq strategik yo‘nalishlarga ega barqaror davlatga aylantira oldi.

 

1995-yilda Konstitutsiyaning qabul qilinishi ushbu yo‘lning eng muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi. Asosiy qonunda suverenitet, qonun ustuvorligi, hududiy yaxlitlik va demokratik rivojlanish tamoyillari mustahkamlandi. Ammo bundan ham muhimi, jamiyatda davlat mustahkamligiga ishonch paydo bo‘ldi, mustaqillik endi vaqtinchalik va zaif holat emasligi anglashildi.

 

Davlat institutlari yaratildi, samarali boshqaruv tizimi shakllantirildi, intizom va mas’uliyat mustahkamlandi. Aynan o‘sha davrda Ozarbayjonning keyinchalik ko‘plab mintaqaviy va global sinovlardan barqaror holda o‘tishiga xizmat qilgan mustaqillik me’morchiligi barpo etildi.

 

Iqtisodiy strategiya va “Asr shartnomasi”

 

Kuchli iqtisodiyotsiz haqiqiy mustaqillik bo‘lishi mumkin emas. Haydar Aliyev buni juda yaxshi anglagan edi. 1994-yilda, mamlakat hali urush va siyosiy beqarorlik oqibatlaridan tiklanib ulgurmagan bir paytda afsonaviy “Asr shartnomasi” imzolandi. Bu kelishuv tarixiy burilish yasadi. Ozarbayjon nafaqat investitsiyalarni jalb qildi, balki dunyo xaritasidagi o‘rnini ham o‘zgartirdi. Respublikani xalqaro energetika maydonining muhim ishtirokchisiga aylantirgan energetik strategiyaning poydevori qo‘yildi.

 

Aynan o‘sha davrda zamonaviy Ozarbayjon iqtisodiy modeli — dunyoga ochiq, ammo milliy manfaatlar va mustaqillikka asoslangan tizim shakllana boshladi.

 

Xalqaro nufuz va tarixiy uzoqni ko‘ra bilish

 

Haydar Aliyev noyob siyosiy fazilatga ega edi — u prinsipial masalalarda qat’iyatni diplomatik moslashuvchanlik va noziklik bilan uyg‘unlashtira olardi. Eng murakkab geosiyosiy sharoitlarda ham Ozarbayjon tashqi kuch markazlariga qaram bo‘lib qolmadi va ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosat olib bordi. Aynan shu davrda mamlakatning xalqaro nufuzi shakllana boshladi.

 

Haydar Aliyevning tarixiy uzoqni ko‘ra bilishi ayniqsa oradan yillar o‘tib, 2020-yildagi 44 kunlik Vatan urushi davrida yaqqol namoyon bo‘ldi.

 

Qorabog‘ning ozod etilishi nafaqat harbiy g‘alaba, balki umummilliy lider asos solgan strategik yo‘lning ham tantanasi bo‘ldi. Aynan Haydar Aliyev keng ko‘lamli harbiy qurilishni boshlagan, zamonaviy Ozarbayjon armiyasining asoslarini yaratgan, davlat intizomini mustahkamlagan hamda kelajakdagi G‘alaba uchun iqtisodiy va siyosiy poydevor qurib bergan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Haydar Aliyev belgilab bergan yo‘l | Zamon.uz