Jahon

Epshteynning akasi “o‘z joniga qasd xati”ni qalbaki deb atadi

Mark Epshteyn sudda taqdim etilgan yozuvga e’tiroz bildirdi.

Epshteynning akasi “o‘z joniga qasd xati”ni qalbaki deb atadi

Jinsiy ekspluatatsiya va voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha ayblovlar bilan qamoqda vafot etgan amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynning akasi Mark Epshteyn sud jarayonida e’lon qilingan o‘z joniga qasd yozuvi haqiqiyligiga shubha bildirgan. Bu haqda Independent gazetasi ma'lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, agar Jeffri Epshteyn o‘z joniga qasd qilish niyatida bo‘lganida, u umumiy mazmundagi xayrlashuv bayonoti emas, balki aniq shaxsga qaratilgan xat qoldirgan bo‘lardi. Shu sababli Mark Epshteyn mazkur hujjatni qalbakilashtirilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, xat 2019-yil iyul oyida sobiq Epshteynning sobiq kameradoshi tomonidan topilgan bo‘lib, Epshteyn ayni vaqtda kamerasida hushsiz holatda aniqlangan. Oradan bir oy o‘tib u qamoqxonada vafot etgan va uning o‘limi rasman o‘z joniga qasd qilish sifatida qayd etilgan.

 

Mark Epshteyn shuningdek, voqea bilan bog‘liq ayrim holatlar, jumladan, kamerada sodir bo‘lgan vaziyatlar yuzasidan ham savollarni ilgari surgan.

Epshteyn ishi AQSh va xalqaro miqyosda keng muhokama qilingan eng shov-shuvli jinoiy ishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda ishga oid millionlab sahifa hujjatlar oshkor etilgan bo‘lsa-da, ular to‘liqligi va tahrirlanganligi yuzasidan tanqidlar bildirilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.