Jahon

AQSh Kubaga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi — Rubio

Sanksiyalar Tramp tomonidan imzolangan yangi farmon asosida kuchaytirilmoqda.

AQSh Kubaga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Vashington Kubaga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni yanada kuchaytirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

 

U Rim shahrida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida AQSh allaqachon yangi cheklovlarni joriy qilganini hamda bu yo‘nalishda qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirgan.

 

Ma’lum qilinishicha, yangi sanksiyalar Kuba iqtisodiyotining qariyb 40 foizini nazorat qiluvchi GAESA konglomerati, uning rahbari hamda nikel qazib olish bilan shug‘ullanuvchi MOA Nickel SA qo‘shma korxonasiga nisbatan qo‘llanilgan.

 

AQSh tomoniga ko‘ra, ushbu cheklovlar Donald Tramp tomonidan 1-may kuni imzolangan farmon asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjat Kubaga qarshi sanksiyalar rejimini sezilarli darajada kuchaytirishni nazarda tutadi.

 

Shuningdek, farmonda cheklov choralarining ekstraterritorial xususiyatga ega bo‘lishi, ya’ni ayrim holatlarda uchinchi davlatlar va xorijiy kompaniyalarga ham ta’sir qilishi mumkinligi qayd etilgan.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"