Jahon

Yaponiya va AQSH qo‘shma mashg‘ulotlarini boshladi

Bu mashg‘ulot 1 noyabrga qadar davom etadi.

Yaponiya va AQSH qo‘shma mashg‘ulotlarini boshladi

Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari va AQSH qurolli kuchlari geografiyasi butun Yaponiya bo‘ylab tarqalgan keng ko‘lamli qo‘shma Keen Sword mashqlarini o‘tkazishni boshladi. Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan, boshqa vazifalar qatori havo va raketa hujumiga qarshi mudofaani ham o‘z ichiga olgan bu mashg‘ulot 1 noyabrga qadar davom etadi.

 

Avvalroq Yaponiya Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlarda tomonlarning shtab-kvartiralarini muvofiqlashtirish, birgalikdagi havo-desant operatsiyalari, integratsiyalashgan havo va raketa hujumiga qarshi mudofaa, muhim infratuzilma va uzoq Yaponiya orollarini himoya qilishga eʼtibor qaratilishini maʼlum qilgandi. Mashg‘ulotlarda har ikki tomonning uch turdagi qo‘shinlari (quruqlik, dengiz va havo) qatnashadi.

 

Shuningdek, bu yil mashg‘ulotlarga Avstraliya qurolli kuchlari ham qo‘shiladi. Yaponiya mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda Yaponiya tomonidan 33 ming, Amerika tomondan 12 mingga yaqin harbiy xizmatchi qatnashadi. Qayd etilishicha, Yaponiya va AQSH bu yil Keen Sword mashqlariga 40 ta kema va 370 ta samolyot jalb qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"