Jahon

Janubiy Sudanda 7,5 million kishi oziq-ovqat yordamiga muhtoj

BMT Janubiy Sudandagi keskinlashayotgan vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi.

Janubiy Sudanda 7,5 million kishi oziq-ovqat yordamiga muhtoj

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Janubiy Sudandagi xavfsizlik va gumanitar vaziyat tobora yomonlashib borayotganidan jiddiy xavotir bildirdi. Bu haqda BMT Xavfsizlik Kengashida mamlakatdagi holat yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi deydi TASS.

 

Janubiy Sudandagi BMT missiyasi rahbari Anita Kiki Gbeho so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda xavfsizlik holati o‘ta tashvishli bo‘lib qolmoqda. U 2025-yilda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni 2024-yilga nisbatan 40 foizga oshganini qayd etgan.

 

BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari esa ommaviy ko‘chishlar, oziq-ovqat tanqisligi hamda tibbiy yordam yetishmovchiligi kuchayganini bildirgan.

 

Uning ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil dekabridan buyon qariyb 250 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Faqat Jonglei shtatining o‘zida 1,35 million fuqaro tibbiy xizmatdan mahrum bo‘lgan.

 

Shuningdek, BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilda 7,5 milliondan ortiq aholi oziq-ovqat yordamiga muhtoj bo‘ladi.

 

Janubiy Sudandagi vaziyat o‘tgan yildan buyon hukumat kuchlari va qurolli muxolifat o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sabab yanada murakkablashgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"