Jahon

AQShning Eronga qarshi urushi yaqin kunlarda qayta boshlanishi mumkin — Axios

Sulh bitimi tugash arafasida, yangi muzokara sanasi hali belgilanmagan.

AQShning Eronga qarshi urushi yaqin kunlarda qayta boshlanishi mumkin — Axios

Axios nashrining AQSh rasmiylariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni Oq uyda Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat hamda Eron bilan davom etayotgan muzokaralarga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilish o‘tkazgan.

 

Manbalarga ko‘ra, Eron bilan bog‘liq vaziyat muhim bosqichga yetgan bo‘lib, amaldagi sulh kelishuvi uch kun ichida yakunlanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, AQSh va Eron delegatsiyalari o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv sanasi hozircha rasman belgilanmagan.

 

Nashr qayd etishicha, Eronning Hormuz bo‘g‘ozini yana yopishi hamda ayrim kemalarga hujumlar sodir bo‘lgani haqidagi xabarlar Trampning “yaqin bir-ikki kun ichida kelishuvga erishish mumkin” degan bayonotidan ko‘p o‘tmay paydo bo‘lgan.

 

AQShning yuqori martabali rasmiysi so‘zlariga ko‘ra, agar qisqa muddat ichida muzokaralarda siljish bo‘lmasa, harbiy harakatlar yaqin kunlarda qayta boshlanishi mumkin.

 

Brifingda vitse-prezident J.D. Vance, Davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Hegset, G‘aznachilik vaziri Skott Bessent hamda milliy xavfsizlik tizimining boshqa yuqori lavozimli vakillari ishtirok etgani ma’lum qilingan.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.