Jahon

AQSh kuchlari xalqaro suvlarda Eron bilan bog'liq kemalarni qo'lga oladi — WSJ

AQSh dengiz blokadasi Yaqin Sharqdan tashqariga ham yoyilishi rejalashtirilmoqda.

AQSh kuchlari xalqaro suvlarda Eron bilan bog'liq kemalarni qo'lga oladi — WSJ

 

The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, AQSh harbiy kuchlari xalqaro suvlarda Eron bilan aloqador deb gumon qilingan neft tanker va tijorat kemalarini qo‘lga olish amaliyotlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, Vashington yaqin kunlarda mazkur turdagi kemalarga chiqish va ularni tekshirish amaliyotlarini faollashtirishni rejalashtirmoqda. Bu orqali AQShning dengizdagi nazorat choralarini Yaqin Sharq hududidan tashqariga kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

 

Nashr ta’kidlashicha, ushbu strategiya Eron neftini tashuvchi tankerlar hamda Islom Respublikasi bilan bog‘liq logistika va yuk tashish tarmoqlariga tegishli kemalarni global miqyosda kuzatish va cheklashga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

 

Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda ham Eron bilan bog‘liq dengiz yo‘llarida qatnovni nazorat qilish va ayrim kemalar harakatini cheklash choralari ko‘rib chiqilayotgani qayd etilgan edi.

custom img

Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan qanday boyib ketdi?

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga ko‘rsatgan urush yordami evaziga olgan daromadlari Kim Chen Inning hokimiyatini mustahkamladi va aholining tor bir qatlamining ham boyishiga imkon berdi.

custom img

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi

Qaror Netanyaxu va Tinchlik Kengashi vakillari ishtirokidagi muzokaralarda qabul qilindi.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"