Jahon

Ukrainada qurolli shaxs supermarketda otishma uyushtirdi

Hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 10 kishi jarohatlangan.

Ukrainada qurolli shaxs supermarketda otishma uyushtirdi

 

Ukraina poytaxti Kiyevda qurollangan shaxs tomonidan sodir etilgan hujum maxsus kuchlar tomonidan bartaraf etildi. Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko Telegram orqali ma’lum qildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi avval o‘z yashash xonasiga o‘t qo‘ygan, so‘ngra Golosievskiy tumanida ko‘chaga chiqib, tasodifiy o‘tkinchilarga qarata o‘q uzgan. Keyinchalik u supermarketga kirib, ichkarida ham otishmani davom ettirgan hamda bir necha kishini garovga olgan.

 

Maxsus politsiya bo‘linmalari tezkor ravishda voqea joyiga yetib borib, binoni qurshab olgan va operatsiya natijasida hujumchini yo‘q qilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 5 kishi halok bo'lgan va 10 kish jarohatlangan.

 

Politsiya hozirda voqeaning barcha tafsilotlari va gumonlanuvchining harakat motivlarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlarini davom ettirmoqda.

 

Avvalroq, Turkiyaning Shanliurfa viloyati Siverek tumanidagi maktabda yuz bergan hodisa oqibatida 16 kishi jarohatlangan edi. Shuningdek, 15-aprel kuni Qahramanmarash shahrida maktabda sodir etilgan qurolli hujumda 9 kishi halok bo'lgani ma'lum qilingan edi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"