Jahon

Istanbulda taʼlim muassasalari vaqtincha yopildi

Bunga mamlakatda kuzatilgan anomal sovuq sabab bo‘lgan.

Istanbulda taʼlim muassasalari vaqtincha yopildi

Turkiyaning Istanbul shahrida davom etayotgan kuchli qor yog‘ishi tufayli barcha taʼlim muassasalarida o‘qish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqida Istanbul gubernatori Davut Gyul o‘zining X sahifasida eʼlon qildi.

 

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, anomal sovuq bilan kechayotgan qor yog‘ishi shahar hayotiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Meteorologik prognozlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik davom etishi va harorat yanada pasayishi kutilmoqda. Shu sababli 12-fevral kuni Istanbuldagi barcha o‘quv yurtlarida bir kunlik tanaffus eʼlon qilindi.

 

Bundan tashqari, ayrim xodimlar uchun ham maʼmuriy taʼtil joriy etildi. Xususan, nogironligi bor shaxslar, surunkali kasalliklardan aziyat chekayotganlar hamda homilador davlat xizmatchilari 12 fevral kuni ish joyiga bormasliklari mumkin deb belgilandi.

 

Istanbulda qishki ob-havo sharoitiga bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga kelganligi sababli mahalliy hokimiyat fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga va zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka chaqirmoqda.

custom img

Qozog‘iston “o‘rta daromadlilar tuzog‘i”ga duch kelmoqda — To‘qayev

Prezident iqtisodiy turg‘unlikning oldini olish uchun sun’iy intellekt va platforma yechimlarini rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

custom img

Rossiyaning 9-may kungi paradiga Ukraina dronlari uchib kelishi mumkin — Zelenskiy

Ukraina Prezidentiga ko‘ra, Moskvaning harbiy texnikasiz parad o‘tkazish rejasi ham aynan shu tahdidlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

Atlantika okeanidagi kruiz kemasida xavfli virus tarqalishi sabab 3 kishi halok bo‘ldi

Kruiz kemasi taxminan uch hafta avval Argentinadan yo‘lga chiqqan bo‘lib, unda qariyb 150 yo‘lovchi bo‘lgan.

custom img

AQShda samolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Samolyotda musobaqaga ketayotgan sportchilar bo‘lgan.

custom img

Putinga qarshi suiqasd ehtimoli tufayli uning xavfsizligi kuchaytirildi — Financial Times

Kremlda davlat to‘ntarishi va bir necha xavflar tufayli xavotirlar kuchaygan.

custom img

Tramp Eronning so‘nggi taklifini rad etdi

AQSh Prezidenti taqdim etilgan shartlarni qabul qilib bo‘lmasligini bildirdi.

custom img

Afrikalik yoshlar Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb etilmoqda — NYT

Taxminan 1000 nafar keniyalik Ukrainaga urushga borgan, ulardan faqat 30 nafari tirik qaytgan.

custom img

Tramp Hormuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni chiqarish bo‘yicha operatsiya e’lon qildi

AQSh Prezidenti dunyoning turli mamlakatlari kemalarini bo‘g‘ozdan olib chiqishda undan yordam so‘raganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Istanbulda taʼlim muassasalari vaqtincha yopildi