Jahon

AQShda samolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Samolyotda musobaqaga ketayotgan sportchilar bo‘lgan.

AQShda samolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

AQSHning Texas shtatida Pikcleball jamoasini musobaqaga olib ketayotgan kichik samolyot halokatga uchradi. Oqibatda bortda bo‘lgan besh kishining barchasi halok bo‘ldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

 

Mahalliy hokimiyat va politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Ostin shahridan taxminan 40 mil (64 km) janubi-g‘arbida joylashgan Uimberli shahrida sodir bo‘lgan.

 

Politsiya serjanti Billi Reyning ma’lum qilishicha, samolyotdagi uchuvchi va to‘rt nafar yo‘lovchi voqea joyidayoq halok bo‘lgani tasdiqlangan. Halok bo‘lganlarning shaxsi hozircha oshkor etilmagan.

 

Rasmiylar voqea bo‘yicha tergov ishlari AQSH federal aviatsiya organlari tomonidan olib borilayotganini bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, samolyot Texas shtati Amarillo shahridagi Amarillo Pickleball Club a’zolarini turnirga olib ketayotgan bo‘lgan. Klub prezidenti Den Dayer halok bo‘lganlardan to‘rt nafari bilan avval ham ko‘p marta birga o‘ynaganini aytib, ularni tajribali va g‘alaba uchun harakat qiluvchi sportchilar sifatida ta’rifladi.

 

Shu vaqtda Amarillodan turnirga yo‘l olgan ikkinchi samolyot ham bo‘lgan. Rasmiylarga ko‘ra, u Nyu-Braunfels aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Havo harakati dispetcherlari yozuvlariga ko‘ra, muammoga uchragan samolyot radardan yo‘qolishidan oldin noaniq harakatlar qilgan.

 

Hodisa joyida samolyotning favqulodda signal tizimi ishga tushgani qayd etilgan. Shundan so‘ng dispetcherlar 911 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.

 

Milliy ob-havo xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lishidan oldin hududda osmon qisman bulutli bo‘lgan, keyinroq esa momaqaldiroqli yomg‘ir kuzatilgan.

 

Uimberli va Nyu-Braunfels shaharlari Texasning sayyohlik bilan mashhur Xill Kantri hududida joylashgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"