Jahon

Tramp Hormuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni chiqarish bo‘yicha operatsiya e’lon qildi

AQSh Prezidenti dunyoning turli mamlakatlari kemalarini bo‘g‘ozdan olib chiqishda undan yordam so‘raganini aytdi.

Tramp Hormuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni chiqarish bo‘yicha operatsiya e’lon qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozida qolib ketgan xorijiy kemalarni xavfsiz olib chiqishga qaratilgan maxsus operatsiya boshlanishini ma’lum qildi.

 

U Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida “dunyoning turli mamlakatlari” AQSHdan Hormuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarini ozod qilishda yordam so‘raganini aytdi. Unga ko‘ra, Vashington mazkur davlatlar kemalariga hamrohlik qilib, ularni cheklangan suv hududidan xavfsiz chiqarishni rejalashtirmoqda.

 

Oq uy rahbari ta’kidlashicha, “Ozodlik loyihasi” deb nomlangan operatsiya dushanba kuni ertalab, Yaqin Sharq vaqti bilan boshlanadi. U bu tashabbusni AQSH va Yaqin Sharq mamlakatlari, “ayniqsa Eron” ishtirokida amalga oshirilayotgan gumanitar qadam sifatida baholadi.

 

Shuningdek, Tramp Eron bilan muzokaralar ijobiy ruhda kechayotganini bildirib, bu muloqotlar barcha tomonlar uchun ijobiy natijalarga olib kelishi mumkinligini qayd etdi.

 

Oradan ko‘p o‘tmay, Eron parlamenti milliy xavfsizlik bo‘yicha komissiyasi rahbari Ibrohim Azizi AQSHning Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatga har qanday aralashuvi sulh rejimi buzilishi sifatida baholanishini ma’lum qildi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.