Jahon

Atlantika okeanidagi kruiz kemasida xavfli virus tarqalishi sabab 3 kishi halok bo‘ldi

Kruiz kemasi taxminan uch hafta avval Argentinadan yo‘lga chiqqan bo‘lib, unda qariyb 150 yo‘lovchi bo‘lgan.

Atlantika okeanidagi kruiz kemasida xavfli virus tarqalishi sabab 3 kishi halok bo‘ldi

Atlantika okeanida harakatlanayotgan Niderlandiya bazasidagi kruiz kemasida hantavirusning ehtimoliy tarqalishi qayd etilib, 3 yo‘lovchi vafot etdi, yana 3 nafari kasallandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea Oceanwide Expeditions ga tegishli MV Hondius ekspeditsiya kemasida yuz bergan. Kema Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida, Kabo-Verde hududi atrofida bo‘lgan.

 

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, kema bortida “jiddiy tibbiy vaziyat” yuzaga kelgan. Kruiz taxminan uch hafta avval Argentinadan yo‘lga chiqqan bo‘lib, unda qariyb 150 yo‘lovchi bo‘lgan. Marshrut davomida kema Antarktida va boshqa hududlarda to‘xtagan.

 

Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi ikki nafar gollandiyalik yo‘lovchi vafot etganini tasdiqlagan. Qolgan qurbonlar va bemorlarning fuqaroligi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berilmagan.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, kasallanganlardan biri Janubiy Afrikada reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. Laboratoriya tekshiruvlari olti bemordan birida hantavirus aniqlanganini tasdiqlagan.

 

Kema operatori Kabo-Verde rasmiylari tibbiy yordamga muhtoj yo‘lovchilarning kemadan tushishiga ruxsat bermaganini bildirgan. Shu sababli Niderlandiya hukumati ikki nafar simptomli yo‘lovchini evakuatsiya qilish hamda vafot etgan yo‘lovchining jasadini vatanga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

 

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, hantavirus kemiruvchilar orqali, ayniqsa ularning najas va siydigi chang orqali havoga ko‘tarilganda yuqishi mumkin. Kasallik grippga o‘xshash simptomlar bilan boshlanib, og‘ir holatlarda o‘pka va yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim darajasi yuqori bo‘lishi mumkin.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaziyatni kuzatib borayotganini va epidemiologik xavf darajasi baholanayotganini bildirgan. Britaniya va Janubiy Afrika rasmiylari hozircha izoh bermagan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"