Jahon

Afrikalik yoshlar Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb etilmoqda — NYT

Taxminan 1000 nafar keniyalik Ukrainaga urushga borgan, ulardan faqat 30 nafari tirik qaytgan.

Afrikalik yoshlar Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb etilmoqda — NYT

Afrika mamlakatlaridan bo‘lgan ko‘plab yoshlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida armiya safiga tushib qolmoqda. 

 

The New York Times nashrining yozishicha, ularning bir qismi ixtiyoriy ravishda yollanma jangchi sifatida borayotgan bo‘lsa, aksariyati oddiy fuqarolik ishlari va’dasi bilan aldanib, keyinchalik majburiy tarzda harbiy harakatlarga jalb qilinmoqda.

 

Ulardan biri keniyalik Kamau bo‘lib, u avval Istanbul orqali tranzitda ekanini bildirgan. Bir necha haftadan so‘ng harbiy kiyimda va qurol bilan tushgan suratini yuborgan, avgust oyida esa Ukrainada okopda ekanini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng u bilan aloqa uzilgan. Kamauning onasiga ko‘ra, o‘g‘li do‘stlariga Rossiyaga oddiy ishchi bo‘lib ketganini aytgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Afrika bo‘ylab tez tashkil etiladigan firmalar sayyohlik agentliklari yoki ishga joylashtirish kompaniyalari niqobi ostida ish yuritib, WhatsApp va Telegram orqali yollash ishlarini olib boradi. Ko‘p hollarda shartnomalar rus tilida bo‘lib, yollanuvchilar ular mazmunini tushunmay imzo qo‘yadi.

 

Mutaxassislar fikricha, Afrikada rasmiy ish o‘rinlarining kamligi va yoshlar ishsizligining yuqori darajasi bunday aldov sxemalarining keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Keniya maxsus xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha taxminan 1000 nafar keniyalik Rossiya orqali Ukrainaga borgan, ulardan faqat 30 nafari tirik qaytgan.

 

Hukumat bunday holatlarni kamaytirish maqsadida xalqaro reyslarga chiquvchi yoshlarga nisbatan tekshiruvlarni kuchaytirganini ma’lum qildi.

 

Keniya senatori Okoyti Endryu Omtatax ishsizlik tufayli yuzaga kelgan vaziyatni qiyos bilan tushuntirdi: “Agar bugun Mombasaga ‘G‘arbda qullar kerak’ degan yozuv bilan kema kelsa, u yerda joy qolmas edi”, — dedi u.

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chet elliklar “maxsus harbiy operatsiya”da ishtirok etayotganini tan olgan, ammo ular majburlanmayotganini ta’kidlagan. Kreml matbuot kotibi Dmitry Peskov esa bunday aldov holatlaridan xabardor emasliklarini bildirgan.

 

O‘z navbatida, Ukrainaning Janubiy Afrikadagi elchisi Oleksander Sherba Rossiyani ish izlayotgan afrikalik yoshlardan foydalanishda aybladi.

 

Tadqiqotlarda qayd etilishicha, Rossiya armiyasida yo‘qotishlar yuqori bo‘lib qolmoqda va bu yangi jangchilarga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. Shu fonda Afrikada Rossiya armiyasiga qo‘shilish bo‘yicha reklama va’dalari — oyiga minglab dollar maosh, bir martalik katta to‘lovlar va fuqarolik berish kabi takliflar bilan ko‘paygan.

 

Keniya, Tanzaniya, Zambiya, Janubiy Afrika, Nigeriya, Gana, Togo, Botsvana va Mali davlatlarida erkaklar Rossiya armiyasiga aldov orqali jalb etilgani haqida xabarlar bor. Keniyada fevral oyida bir shaxs 22 nafar keniyalikni Rossiyaga yollaganlikda ayblandi.

 

Kamerun 16 nafar fuqarosi Ukrainada halok bo‘lganini ma’lum qildi, Ganada esa taxminan 55 nafar fuqaro o‘lgani aytilgan.

 

Botsvanalik 25 yoshli Kgosi Pelekekaye ham shunday holatga tushgan. U Rossiyaga ishga ketaman deb borgan, ammo u yerda harbiy tayyorgarlikka jalb qilingan. Shartnomani imzolashdan bosh tortganda, unga bosim o‘tkazilgan. Keyin yurak kasalligi sabab frontga yuborilmagan va u qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Ayrim holatlarda yollovchilarga nisbatan jinoiy ish ham qo‘zg‘atilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"