O'zbekiston

Korrupsiyaga qarshi kurashda hokimlarning mas’uliyati oshiriladi

Endi hukumat a’zolari va hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi aniq rejalar taqdim etishlari shart bo'ladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda hokimlarning mas’uliyati oshiriladi

 

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yil aprel oyida qabul qilingan O‘RQ-1142-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Mazkur o‘zgartishlarga muvofiq, endilikda hukumat a’zolari hamda hokim lavozimlariga nomzodlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha aniq rejalarni ishlab chiqib, taqdim etishi shart bo‘ladi. Bu tartib “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunlarda mustahkamlab qo‘yildi.

 

Shuningdek, sud-huquq tizimida ham bir qator yangiliklar joriy etildi. Jumladan, fuqarolik va iqtisodiy ishlarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun da’vo miqdori sezilarli darajada oshirildi. Endilikda bu mezon yuridik shaxslar uchun 150 BRV, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 100 BRV va jismoniy shaxslar uchun 50 BRV etib belgilandi.

 

Bundan tashqari, investitsiya shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmagan subyektlarga nisbatan sudga murojaat qilishda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari davlat bojini to‘lashdan ozod etildi.

 

Mazkur hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan bo‘lib, 2026-yil 1-maydan kuchga kirdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"