Jahon

Rossiyaning 9-may kungi paradiga Ukraina dronlari uchib kelishi mumkin — Zelenskiy

Ukraina Prezidentiga ko‘ra, Moskvaning harbiy texnikasiz parad o‘tkazish rejasi ham aynan shu tahdidlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Rossiyaning 9-may kungi paradiga Ukraina dronlari uchib kelishi mumkin — Zelenskiy

Volodimir Zelenskiy Rossiya 9-may kuni Moskvada o‘tkaziladigan parad vaqtida Qizil maydon ustidan Ukraina dronlari uchib o‘tishidan xavotirda ekanini bildirdi. Bu haqda "Interfaks" yozmoqda.

 

Ukraina Prezidenti bu haqda Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida so‘zladi. Zelenskiyning aytishicha, Rossiya 9-may paradini harbiy texnikasiz o‘tkazishni rejalashtirishi ham aynan shu xavotirlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

“Agar shunday bo‘lsa, bu ko‘p yillardan beri birinchi marta ularning harbiy texnika chiqarishga qurbi yetmayotganini anglatadi. Ular Qizil maydon ustidan dronlar uchib o‘tishi mumkinligidan qo‘rqyapti. Bu juda ko‘p narsadan dalolat beradi va hozir ular kuchli emasligini ko‘rsatadi", — dedi Zelenskiy.

 

Uning fikricha, Rossiyaga bosimni sanksiyalar orqali davom ettirish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish zarur.

 

Shuningdek, Ukraina prezidenti Yevropa davlatlarini dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi. Uning aytishicha, Yevropa havodagi, dengizdagi va quruqlikdagi tahdidlarga qarshi ishonchli himoya tizimiga ega bo‘lishi kerak.

 

Zelenskiy Yevropa muzokaralarda yagona pozitsiyaga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, AQSH bilan aloqalar davom etayotganini, biroq Rossiya bilan muzokaralarda Yevropa ham ishtirok etishi kerakligini bildirdi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.