Jahon

Putinga qarshi suiqasd ehtimoli tufayli uning xavfsizligi kuchaytirildi — Financial Times

Kremlda davlat to‘ntarishi va bir necha xavflar tufayli xavotirlar kuchaygan.

Putinga qarshi suiqasd ehtimoli tufayli uning xavfsizligi kuchaytirildi — Financial Times

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xavfsizligi so‘nggi oylarda keskin kuchaytirildi. Bu haqda Financial Times'ga tayanib, BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Federal qo‘riqlash xizmati tomonidan davlat rahbari qo‘riqlanishi kuchaytirilgan. Manbalarning aytishicha, Putin ko‘proq vaqtni yerosti bunkerlarida o‘tkazmoqda. Uning izolyatsiyasi COVID-19 pandemiyasidan keyin yanada ortgan.

 

Nashrga ko‘ra, mart oyidan buyon Kremlda suiqasd yoki davlat to‘ntarishi xavfi, xususan dronlar orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hujumlar bilan bog‘liq xavotirlar kuchaygan. Bunday xavotirlar 2025-yilda Ukraina dronlari Rossiya hududidagi harbiy obyektlarga hujum qilganidan so‘ng yanada ortgan.

 

Manbalarga ko‘ra, xavfsizlikka oid tashvishlar Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan bog‘liq holatlardan keyin ham ko'paygan. Shu fonda Putinning rasmiy tashriflari qisqartirilgan, u bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazadigan shaxslar uchun tekshiruvlar kuchaytirilgan.

 

Shuningdek, maqolada Rossiya prezidenti va uning oilasi Moskva viloyati hamda Valdaydagi rezidensiyalariga tashriflarni kamaytirgani, davlat OAV esa vaziyatni barqaror ko‘rsatish uchun oldindan yozib olingan materiallardan foydalanayotgani qayd etilgan. Biroq BBC ushbu da’volarni mustaqil tasdiqlay olmasligini bildirgan.

 

FT yozishicha, prezident atrofidagi xodimlarga jamoat transporti va mobil qurilmalardan foydalanish bo‘yicha qat’iy cheklovlar joriy etilgan, ularning uylariga esa kuzatuv tizimlari o‘rnatilgan.

 

Nashr Moskvada internetning vaqtincha o‘chirilishi ham qisman xavfsizlik choralari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, kuch tuzilmalari o‘rtasida xavfsizlikni ta’minlash masalasida o‘zaro ayblovlar ham yuzaga kelgani aytilmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, Putin hozirgi kunda o‘z vaqtining katta qismini urushni boshqarishga sarflamoqda, ichki siyosat masalalari esa ikkinchi darajaga tushgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"