O'zbekiston

Meningokokk bo’yicha murojaatlar kelib tushmoqda — Sanepidqo’mita

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar to‘liq emlash bilan qamrab olingan bo‘lib, ushbu shaxslar orasida kasallanish holatlari qayd etilmagan.

Meningokokk bo’yicha murojaatlar kelib tushmoqda — Sanepidqo’mita

 

So‘nggi kunlarda aholi orasida meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘payib borayotgani munosabati bilan Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu infeksiya dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, asosan kuz va bahor oylarida, xususan fevral–mart davrida ko‘proq uchraydi.

 

Hozirda respublikada epidemiologik vaziyat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Barqarorlikni ta’minlash maqsadida keng qamrovli profilaktik hamda sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar to‘liq emlash bilan qamrab olingan va ular orasida kasallanish holatlari qayd etilmagan. Tibbiy qarshi ko‘rsatmasi mavjud fuqarolar esa shifokorlar nazorati ostida kimyoviy profilaktika bilan ta’minlanmoqda.

 

Mutaxassislar kasallikning asosiy alomatlari sifatida yuqori isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, bo‘yinning qotishi, ko‘ngil aynishi, yorug‘likka sezgirlik, uyquchanlik, umumiy holsizlik, tutqanoq va ayrim holatlarda toshmalar paydo bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Bolalarda esa tinmay yig‘lash, ovqatdan bosh tortish va keskin uyquchanlik yoki qo'zg'aluvchanlik, tanada qattiqlik kuzatilishi mumkin.

 

Fuqarolarga mazkur belgilar kuzatilganda darhol tibbiy muassasalarga murojaat qilish tavsiya etildi.

 

Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, ommaviy joylarda ehtiyot choralarini ko‘rish, ''Haj'' va ''Umra'' safarlariga chiqishdan oldin emlanish, ixtiyoriy emlanishdan o'tish hamda shifokor tavsiyalariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.

 

Ayni paytda respublika bo‘ylab vaksinatsiya markazlarida yetarli miqdorda vaksinalar mavjud bo‘lib, aholini emlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 

Sanepidqo‘mita fuqarolarni ortiqcha xavotirga tushmaslikka, vaziyat barqarorligini inobatga olib, faqat rasmiy va ishonchli manbalarga tayanishga chaqirdi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"