O'zbekiston

Toshkent yo‘llarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Rekonstruksiya ishlari “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Toshkent yo‘llarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

«Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida poytaxt ko‘chalarini modernizatsiya qilish ishlari yakuniy bosqichga kirmoqda.

 

Dushanba kunidan boshlab kutilayotgan quruq va iliq ob-havo sharoiti boshlangan ishlarni yakunlash hamda yangi, yuqori sifatli asfalt qoplamasini yotqizish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

 

So‘nggi kunlarda shaharning ayrim ko‘chalarida frezalash ishlari olib borilayotgani kuzatilmoqda.

 

Mazkur jarayon yo‘l ta’mirining muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda maxsus texnika yordamida eskirgan va yaroqsiz holga kelgan asfalt qatlami qirib olinadi.

Bu esa yangi asfalt qoplamasining tekis va sifatli yotqizilishini ta’minlaydi, yo‘l qoplamasining tez buzilishiga olib keluvchi omillarning oldini oladi hamda harakat xavfsizligi va yo‘llarning uzoq muddat xizmat qilishiga zamin yaratadi.

 

Yo‘lning yuqori qatlami vaqtincha olib tashlangani haydovchilar uchun ma’lum noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Shunga qaramay, ushbu ishlar yo‘l sifatini yaxshilash va harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

 

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishni, vaqtinchalik yo‘l belgilariga amal qilishni so‘rab, poytaxt yo‘llarida harakatni qulay va xavfsiz tashkil etish bo‘yicha ishlar davom etayotganini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbek–Turk mediaforumi doirasida KGK vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Global Jurnalistlar Kengashi 80 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi.

custom img

180 mamlakat vakillari Samarqanddagi ekologik forumda jam bo‘ldi

Saida Mirziyoyeva Samarqandda GEF 8-Assambleyasi ishtirokchilariga Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Amin Tojiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Qoraqalpog‘iston va Orolbo‘yi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Amin Tojiyev 79 yoshida vafot etdi.

custom img

Tergovchi va advokat 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Tergovchi jinoyat ishini gumonlanuvchi foydasiga tugatib berish evaziga advokat orqali pul talab qilgan.

custom img

Prezident Samarqandni “Markaziy Osiyoning yashil investitsiyalar va innovatsiyalar poytaxti” deb e’lon qilishni taklif etdi

O‘zbekiston Prezidenti Global ekologik jamg‘armaning sakkizinchi assambleyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

custom img

Koreyaga ish va o‘qishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘zbekistoning bir necha hududlarida fuqarolarni Koreyaga ishga yoki o‘qishga yuborishni va’da qilib, ulardan minglab dollar olgan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Toshkent metrosida "svet" o‘chib qoldi: harakat to‘xtab qolgan

Elektr ta’minotidagi uzilishlarga Toshkent IESdagi transformator nosozligi sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkentda 1-sentyabrdan yo‘lovchilar yo‘l haqini avtobusga chiqish vaqtida to‘lashi shart bo‘ladi

Belgilangan tartibda yo‘lkira haqi to‘lanmasa yoki imtiyoz tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz harakatlangan deb hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"