O'zbekiston

Prezident Samarqandni “Markaziy Osiyoning yashil investitsiyalar va innovatsiyalar poytaxti” deb e’lon qilishni taklif etdi

O‘zbekiston Prezidenti Global ekologik jamg‘armaning sakkizinchi assambleyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Prezident Samarqandni “Markaziy Osiyoning yashil investitsiyalar va innovatsiyalar poytaxti” deb e’lon qilishni taklif etdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tayotgan Global ekologik jamg‘armaning sakkizinchi assambleyasi ishtirokchilariga murojaat qilib, iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolarga qarshi kurash bo‘yicha bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Prezident O‘zbekistonda ekologik transformatsiya yangi taraqqiyot modeli sifatida qaralayotganini bildirib, atmosfera havosini muhofaza qilish, bioxilma-xillikni saqlash, chiqindilarni boshqarish, ko‘kalamzorlashtirish hamda ekologik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan beshta milliy loyiha amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2030-yilgacha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini mamlakat hududining 21 foizigacha kengaytirish, zararli tashlamalarni 10,5 foizga kamaytirish va barcha hududlarda dendrologiya hamda botanika bog‘larini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirilishi, ekologik ta’lim va ilm-fan sohasida yagona ekotizim shakllantirilayotgani, Orolbo‘yi hududida degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash ishlari davom etayotgani ta’kidlandi.

 

Prezident assambleya doirasida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Birinchidan. Samarqandni “Markaziy Osiyoning yashil investitsiyalar va innovatsiyalar poytaxti” deb e’lon qilish taklif etildi. Samarqandni mintaqaviy “yashil iqtisodiyot”, barqaror rivojlanish va iqlim moliyasi markaziga aylantirish, shaharni pilot “yashil hudud” sifatida rivojlantirishni hamda ushbu tajribani keyinchalik respublikaning boshqa shaharlariga ham tatbiq etish maqsad qilingan.

 

Ikkinchidan. Bundan 600 yil muqaddam Mirzo Ulug‘bek Samarqandni ilm-fan markaziga aylantirgan bo‘lsa, bugungi kunda Kolumbiya universitetining Barqaror rivojlanish markazi hamkorligida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti qoshida Ulug‘bek nomidagi Barqaror rivojlanish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilmoqda. Institut hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini yashil va barqaror rivojlanish asosida transformatsiya qilish, xalqaro ilmiy markazlar va moliya institutlarini jalb etish bo‘yicha yetakchi ilmiy-tahliliy platforma bo‘ladi, uning strategik boshqaruvi esa prezident huzuridagi Vasiylik kengashi orqali amalga oshiriladi.

 

Uchinchidan. Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida Iqlim o‘zgarishi va gidrometeorologiya milliy markazi tashkil etilmoqda. Markaz gidrometeorologiya, erta ogohlantirish, glyatsiologiya, iqlim ta’sirini baholash va issiqxona gazlari monitoringini uyg‘unlashtirib, iqlim prognozlari, modellashtirish, moslashuv va mitigatsiya dasturlari, mintaqaviy hamkorlik hamda WMO GAW va NASA AERONET dasturlarida ishtirok etish uchun institutsional zamin yaratadi.

 

To‘rtinchidan. Yaqinda Qozog‘iston prezidenti bilan “Toza havo” davlatlararo konsorsiumini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Uning faoliyati “yashil” moliyani jalb etish, o‘rmon-melioratsiya, ilmiy tadqiqotlar, sanoatni ekologik modernizatsiya qilish hamda monitoring va nazoratni kuchaytirishga qaratilgan. Prezident mintaqaning barcha davlatlarini konsorsium faoliyatiga qo‘shilishga taklif etdi.

 

Beshinchidan. Cho‘llanishga qarshi kurash instituti negizida Orolbo‘yida cho‘llanish oqibatlarini yumshatish, “yashil” qalqonlar barpo etish va iqlim moslashuviga qaratilgan “cho‘l iqtisodiyoti” tashabbusini ilgari surib, uni GEF'ning ustuvor yo‘nalishlari bilan hamohang holda xalqaro moliyaviy hamda texnik ko‘mak asosida amalga oshirishni taklif etdi.

 

Oltinchidan. 2027-yilgi Toshkent investitsiya forumi “Barqaror rivojlanish va yashil investitsiyalar” mavzusida o‘tkazilib, uning doirasida Eco Expo Central Asia xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Forumda har bir hudud yashil investitsiyalarni jalb qilish uchun kamida 100 ta istiqbolli loyihani tayyorlab, investorlarga taqdim etadi.

 

Davlat rahbari O‘zbekiston Global ekologik jamg‘arma donor mamlakatlari qatoriga qo‘shilishga tayyorligini bildirdi. Jamg‘arma kengashi a’zosi sifatida qo‘shma mintaqaviy tashabbuslarni amaliy qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"