O'zbekiston

Toshkentda 1-sentyabrdan yo‘lovchilar yo‘l haqini avtobusga chiqish vaqtida to‘lashi shart bo‘ladi

Belgilangan tartibda yo‘lkira haqi to‘lanmasa yoki imtiyoz tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz harakatlangan deb hisoblanadi.

Toshkentda 1-sentyabrdan yo‘lovchilar yo‘l haqini avtobusga chiqish vaqtida to‘lashi shart bo‘ladi

Hukumatning “Shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror 2026-yil 3-iyunda tasdiqlangan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

 

Hujjatga ko‘ra, haydovchi bilan birga kamida 60 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik standartlarga javob beradigan M3 toifadagi yangi avtobus, elektrobus va trolleybuslarni 2027-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekistonga import qilishda utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.

 

Shuningdek, brutto-shartnoma asosida faoliyat yurituvchi muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida tushumlar to‘liqligini ta’minlash maqsadida 2026-yil 1-sentyabrdan yangi tartib joriy etiladi. 

 

Unga ko‘ra, yo‘lovchilar yo‘lkira haqini avtobusga chiqish vaqtida validatorlar orqali transport kartasini validatsiya qilish, bank kartalari, smartfonlar va boshqa kontaktsiz elektron to‘lov vositalari (NFC, QR, biometrik texnologiyalar, BLE, UWB va boshqalar) yordamida to‘lashlari yoki ijtimoiy va transport kartalari orqali imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.

 

Belgilangan tartibda yo‘lkira haqi to‘lanmasa yoki imtiyoz tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz harakatlangan deb hisoblanadi.

 

Qaror bilan shahar avtobus yo‘nalishlari tushunchasiga ham o‘zgartirish kiritildi. Endilikda shahar hududidan 5 kilometrgacha, shuningdek, transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq 12 kilometrgacha tashqariga chiqadigan yo‘nalishlar ham shahar avtobus yo‘nalishlari sifatida e’tirof etiladi.

 

Bundan tashqari, Transport vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2026-yil 1-sentyabrga qadar poytaxt jamoat transporti hamda shahar atrofi temir yo‘l qatnovlari uchun yagona integratsiyalashgan to‘lov tizimini joriy etadi. 

 

Tizim doirasida “elektropoyezd–avtobus” va “elektropoyezd–metro” yo‘nalishlari uchun qulay tarif rejalari ham ishlab chiqiladi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.