O'zbekiston

Tergovchi va advokat 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Tergovchi jinoyat ishini gumonlanuvchi foydasiga tugatib berish evaziga advokat orqali pul talab qilgan.

Tergovchi va advokat 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Namangan viloyatida tergovchi va advokat pora olish hamda vositachilik qilish holati bo‘yicha qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati IIB Tergov boshqarmasi tergovchisi o‘zining ish yurituvida bo‘lgan, Chust tumanida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilib, tugatib berish evaziga ishga aloqador bo‘lmagan advokat orqali 40 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlar hay’ati advokati gumonlanuvchining otasidan 40 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, tergovchi advokatdan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida noqonuniy harakatga chek qo‘yilgan.

 

Hozirda tergovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan, advokatga esa JKning 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi

Yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kVT elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

custom img

Toshkentda yo‘lkira oshadi: yangi tariflar taklif qilindi

Naqd to‘lovda yo‘lkira 3 ming so‘m, elektron to‘lovda esa 2,5 ming so‘m etib belgilanishi mumkin.

custom img

O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarish bo‘yicha komissiya tuziladi

Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasi hududida “Olloqulixon karvonsaroyi” savdo markazini tashkil etish loyihasi alohida ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha baland shovqin chiqarish taqiqlanadi

Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari cheklov 22:00 dan 09:00 gacha amal qiladi.

custom img

Chirchiqda yuk mashinasining tirkamasi xonadonga urildi

Xonadonga yetkazilgan zarar qoplanishi bildirildi.

custom img

Brakonerlar qarshiligi: inspektor halok bo‘ldi

Marhum "Tabiat himoyachisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

custom img

O‘zbekistonda valyuta kursini shakllantirish tartibi o‘zgartiriladi

15-sentabrdan rasmiy almashuv kursini hisoblashda valyuta birjasidan tashqari banklararo bozorda tuzilgan bitimlar ham inobatga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"