1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Telekanal orqali IT bo‘yicha o‘quv kurslari namoyish etiladi

Bu haqda Prezident raisligidagi yig‘ilishda maʼlum qilindi.

Telekanal orqali IT bo‘yicha o‘quv kurslari namoyish etiladi

 

Bugun, 22-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Davlat rahbari yoshlarni ITga o‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini taʼkidladi.

 

Bu borada 1 apreldan “Elektron hukumat”, “Biznes uchun dastur”, taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan respublika tanlovi boshlanadi. Hokimlarga bunday tanlovlarni viloyat va tumanlarda ko‘proq o‘tkazish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Shu bilan birga, hududlarda yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamg‘armalari hisobidan sotib olinadi.

 

1 apreldan boshlab IT taʼlim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi.

 

Jumladan, o‘z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlarga esa 35 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

 

IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg‘armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.


Olis va chekka hududdagi yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish uchun alohida telekanal tashkil qilingan. Raqamlashtirish vazirligiga ushbu telekanalda ITga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va kamida 30 foiz qiziqarli kontentlarni joylashtirishni taʼminlash topshirildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика