Avvalroq 4 ta fandan onlayn olimpiadalar o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Bugun, 29-aprel kuni 11-sinf o‘quvchilari uchun onlayn olimpiadaga start berildi.
Olimpiadada qatnashishni istaganlar Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan 10:00 dan 19:00 gacha ishtirok etishi mumkin.
Qatnashish uchun http://oo.uzedu.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi va ishtirokchi o‘zining login-paroli bilan qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarning maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilingan.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.


