1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

13−16 avgust kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi bor

Gidrometeorologiya xizmati 13−16 avgust kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi borligi haqida ogohlantirdi. FVV aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, vazirlikning “1050” qisqa raqamiga murojaat etishni so‘radi.

13−16 avgust kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi bor

 

 

O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 13−16 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli sel xavfi mavjud, deya xabar bermoqda Gidrometeorologiya matbuot xizmati.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yashovchi aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, vazirlikning “1050” qisqa raqamiga murojaat etishni so‘radi.

 

20 iyul kuni Namangan viloyati hududida kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida Namangan shahar, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on hamda Uychi tumanlarining ayrim mahallalarida aholi yashash xonadonlari, ko‘chalarga suv toshish holatlari kuzatilgan edi. Namangan shahar Yuksalish va Yelixon mahallalarida 132 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика