1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2026-yil uchun ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

Yangi qabul kvotalari ilmiy sohada innovatsiyalarni kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

2026-yil uchun ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olib, 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi.

 

2026-yil uchun ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari:

 

1. Raqamli va axborot texnologiyalari, jumladan sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar tahlili va raqamli yechimlarni ishlab chiqish;

 

2. Atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan vodorod texnologiyalari, energiya tejamkorligi va energiyani saqlash tizimlari;

 

3. Agroinnovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi, urug‘chilik, seleksiya, gen texnologiyalari;

 

4. Tibbiyot va biotexnologiyalar, jumladan biomeditsina, genetika, farmasevtika, telemeditsina va yuqumli kasalliklarni oldini olish;

 

5. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlimga barqarorlikni ta’minlash, jumladan cho‘llanishning oldini olish va iqlim o‘zgarishiga moslashish;

 

6. Yangi materiallar va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari, shu jumladan nanotexnologiyalar, additiv ishlab chiqarish, robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar.

 

7. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida tadqiqotlar olib borish.

 

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика