1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

21 yoshli futbolchi darvozabon bilan to‘qnashib halok bo‘ldi

Ushbu hodisa butun futbol hamjamiyatini larzaga soldi.

21 yoshli futbolchi darvozabon bilan to‘qnashib halok bo‘ldi

 

Peruda futbol maydonida fojia yuz berdi. “Real Titan” jamoasi futbolchisi Xelar Gonsales 21 yoshida o‘yin paytida darvozabon bilan to‘qnashib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Fojia Peru Kubogi doirasidagi “Real Titan” va “Defensor Nueva” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 70-daqiqasida sodir bo‘lgan. Gonsales hujum vaqtida darvozabon bilan to‘p uchun kurashgan va to‘qnashuvdan so‘ng maysaga yiqilgan.

 

Futbolchiga darhol tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, u jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumgan.

 

Klub va futbolchilar Gonsalesning o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanliklarini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика