1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Activist” avariyaga uchradi

YTHda uchta mashina to‘qnashib ketgan.

“Activist” avariyaga uchradi

Kecha, 12 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

 

Holat soat 22:20 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda 2005 yilda tug‘ilgan I.Q. boshqaruvidagi Monza, 1997 yilda tug‘ilgan Xojiakbar Nosirov (“Activist” loyihasi muallifi) boshqaruvidagi BYD va 1993 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt o‘zaro to‘qnashgan.

 

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика