1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Activist” loyihasi rasman tugatildi

Bu haqda loyiha muallifi Hojiakbar Nosirov maʼlum qildi.

“Activist” loyihasi rasman tugatildi

Do‘konlarda savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib, bu boradagi videolari bilan tanilgan va xalqning isteʼmol madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi “Activist” loyihasi tugatildi. Bu haqda uning muallifi Hojiakbar Nosirov maʼlum qildi.

 

“Loyiha o‘z faoliyatini butunlay yakunladi. Yaqin orada intervyu orqali buning sabablarini to‘liqroq yoritib beraman. Guvohi bo‘lganingizdek, judayam ko‘p tuhmat va bosimlarga uchrashimga to‘g‘ri keldi. Hattoki oilam bilan bog‘liq tahdidlarga ham qaramasdan bu yo‘lda davom etdim. Chunki sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz menga katta dalda berardi.

 

2 yillik faoliyatimda kimningdir ko‘ngliga bilib-bilmay ozor berib qo‘ygan bo‘lsam, chin dildan uzr so‘rayman”, deydi bloger.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hojiakbar Nosirov ayrim yogurtlar harom ekanini aytib chiqqani uchun 15 sutkaga qamalgandi. U “diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatish” va “ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”da ayblangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика