Afg‘onistonnning Mozori Sharif shahrida ketma-ket 3 ta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea shaharning 5- va 10-mavzelarida ro‘y bergan. Mikroavtobuslarning porlatilishi oqibatida jami 10 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, Kobul shahridagi “Hazrati Zakariya” masjidida ham portlash yuz bergan. Polisiya xodimlari hodisada 2 kishi jarohat olganini ma’lum qildi.


