1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg'onistonda kimning qanday iqtisodiy loyihasi bor?

Zamon.uz Afg‘onistondagi yirik iqtisodiy loyihalar haqidagi maqolaning uchinchi qismini taqdim etadi.

Afg'onistonda kimning qanday iqtisodiy loyihasi bor?

 

Birinchi va ikkinchi maqolada O‘zbekiston hamda Turkmanistonning Afg‘oniston bilan bog‘liq loyihalari haqida so‘z borgandi. Quyida Xitoy va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining afg‘on zaminida ilgani surayotgan iqtisodiy takliflari haqida fikr yuritiladi.
 


Afg‘oniston – “Yangi Ipak yo‘li”dagi muhim tranzit davlat



Afg‘onistondagi muhim iqtisodiy loyihalar haqida gap borar ekan, so‘nggi yillarda dunyoning yirik kuch markazlaridan biriga aylangan Xitoyni yoddan chiqarmaslik zarur. Boshqa qudratli davlatlardan farqli o‘laroq, Pekin afg‘onlar bilan umumiy chegaraga ega. Afg‘onistondagi barqarorlik o‘z navbatida Xitoy chegaralaridagi barqarorlikni ham anglatadi. Ikkinchidan, Kobul tobora Xitoyning yirik geoiqtisodiy loyihalarida muhim o‘rin egallab bormoqda. Xususan, Pekin tomonidan taklif qilinayotgan va “Yangi Ipak yo‘li” nomini olgan “Bir kamar-bir yo‘l” loyihasida Afg‘oniston o‘ziga xos chorraha vazifasini bajaradi. Maqsadi quruqlik orqali Gʻarb va Sharqning yirik iqtisodiy markazlarini bog‘lash bo‘lgan bu yo‘l Markaziy Osiyoda tarmoqlarga ajraladi. Jumladan, Afg‘oniston orqali Pokistonni Xitoy bilan bog‘lash ko‘rib chiqilmoqda. 2013-yildan boshlab xitoyiklar Markaziy Osiyo va Pokistonga Xitoy-Markaziy Osiyo-Gʻarbiy Osiyo hamda Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi orqali katta investitsiyalar kiritdi. Bu esa o‘z navbatida Pekin uchun Afg‘oniston ahamiyatini oshirib yubordi. Barqarorlik yirik loyihalarning xavfsizligida muhim o‘rin tutadi. 

 

Afg‘oniston — boy tabiiy resurslarga ega mamlakat. Ekspertlar 2020-yilda Afg‘oniston nodir metallari zahirasini  uch trillion dollarga baholagan. Xitoy ana shu tabiiy boyliklardan foydalanish uchun toliblar bilan hamkorlikni boshlashi mumkin.
 

Masalan, litiy zahirasi bo‘yicha Afg‘oniston dunyoda birinchi o‘rinda turishi  taxmin qilingan. Litiy, asosan, elektromobil ishlab chiqarishda ishlatiladi. Keyingi o‘n yilikda butun dunyo avtosanoati elektron mashinalar ishlab chiqarishga o‘tadi. Bu esa Afg‘oniston va uning savdo hamkorlari uchun manfaatli.


 
Bundan tashqari, Xitoy Afg‘onistonning eng katta mis koni — Aynoqqa investitsiya kiritgan. Ushbu mis koni resurslari 88 milliard dollarga baholangan. Xitoyning ikki investitsion kompaniyasi konga 4 milliard dollar sarmoya  kiritgan. Afg‘onistonda aniqlangan mis zahiralari miqdori jami  274 milliard dollarga teng. Keyingi o‘n yillikda misga bo‘lgan talab bir necha barobar oshishi hisobga olinsa, bu Pekin uchun juda katta imkoniyat.

 

Janubiy va Markaziy Osiyo elektr energiyasini birlashtiruvchi loyiha

 


Afg‘oniston hududi orqali qurilishi rejalashtirilgan yana bir elektr uzatish liniyasi – CASA-1000 deb ataladi. U Qirg‘iziston va Tojikistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyani Janubiy Osiyoga to‘g‘ridan to‘g‘ri ekasport qilishni nazarda tutadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning umumiy qiymati 1 milliard dollardan oshadi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика