1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalarni tezroq amalga oshirish kerak — Anvar Salihboyev

Zamon.uz ShHTning afg‘on muammosini hal qilishdagi ahamiyati yuzasidan Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakchi mutaxassisi Anvar Salihboyev fikrlari bilan qiziqdi.

Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalarni tezroq amalga oshirish kerak — Anvar Salihboyev

 

Afg‘onistondagi vaziyat ShHTning Samarqand sammitida ko‘rib chiqiladigan asosiy masalalardan bo‘lishi, shubhasiz. Afg‘on zamini ShHT makonining ajralmas qismi ekani O‘zbekistgn Respublikasi Prezidenti tomonidan ham taʼkidlandi.

 

Afg‘oniston muammosi hal etilishida Shanhay hamkorlik tashkiloti asosiy platformaga aylana oladimi? Davlatlarning turli pozitsiyalarini muvofiqlashtirishning imkoni bormi? Zamon.uz muxbiri shu kabi savollar bilan ekspert Anvar Salihboyevga yuzlandi:

 

"Afg‘oniston ShHT tuzilganidan buyon tashkilot diqqat-markazida bo‘lib kelgan. 2005 yilda ShHT doirasida Afg‘oniston bo‘yicha muloqot guruhi  tuzildi.

 

NATOning 20 yillik ishtiroki (2001-2021 yillarda) muloqot guruhi faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, aʼzo davlatlarning barchasi ushbu mamlakatda tinchlik o‘rnatilishidan manfaatdor.

 

Hozirda ShHT aʼzolari doimiy ravishda Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatib kelmoqda.Masalan, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari afg‘on xalqiga elektr energiyasi yetkazib bermoqda.

 

Muloqot guruhi mavjud bo‘lsa-da, Afg‘oniston hukumatining siyosiy jihatdan tan olinmagani ortidan real qadamlar tashlanmagan.

 

Shuni qayd etish kerakki, ShHTga aʼzo boshqa davlatlar ham afg‘on muammosiga u yoki bu darajada tortilgan. Xususan, Pokiston va Eronda millionlab qochqinlar bor.

 

Fikrimcha, Afg‘oniston hududida ShHT davlatlari tomonidan ilgari surilayotgan iqtisodiy tashabbuslar tezroq amalga oshirilishi kerak. Gap uglevodorod va temiryo‘l koridorlari haqida ketmoqda. birgina Transafg‘on temiryo‘li bir necha mintaqaning iqtisodiy jihatdan birlashtirishi mumkin.

 

Alohida taʼkidlash lozimki, O‘zbekiston Prezidenti saʼy-harakatlari bilan bu rejalarni amalga oshirish bo‘yicha katta qadamlar tashlandi.

 

Turli davlatlarning turli pozitsiyalarni muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. ShHTga aʼzo barcha davlatlarning barchasi Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashuvidan manfaatdor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика