1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Afg‘onistondagi maktabda qizlar zaharlandi

Hozirda 60 nafarga yaqin qiz shifoxonaga yotqizilgan.

Afg‘onistondagi maktabda qizlar zaharlandi

 

Afg‘oniston shimolidagi maktablardan birida 60 ga yaqin qizlar zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Qayd etilishicha, voqea Afg‘onistonning Sar-e-Pol viloyatida sodir bo‘lgan.

 

Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, nomaʼlum shaxslar qizlar maktabiga kirib, sinf xonalarini zaharlagan. Qizlar darsga kelganida o‘zini yomon his qila boshlagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari qanday modda qo‘llangani va bu hodisa ortida kim turganiga aniqlik kiritmadi.

 

2021 yilda hokimiyatni qo‘lga kiritgach, “Tolibon” ayollarni o‘rta maktab va universitetlarda o‘qishini taqiqladi. Bu xalqaro hamjamiyat va ko‘plab afg‘onlar tomonidan qoralandi.

 

Keyinchalik “Tolibon” 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun boshlang‘ich maktablar ochishga ruxsat berdi va ular muayyan shartlar ostida ayollarning taʼlim olishini qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика