1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistondan Tojikistonga 7 ta raketa otildi

4 ta snaryad Amudaryoga tushgan.

Afg‘onistondan Tojikistonga 7 ta raketa otildi

 

Afg‘onistonda “Islomiy davlat” a’zolari Tojikiston qurolli kuchlari joylashgan manzilga yettita raketa otishdi. Xabarlarga ko‘ra, o‘q uzuvchi qurilma avtomobilga o‘rnatilgan. O‘qqa tutilganidan so‘ng chegarachilar qarshi tomonga qarata o‘t ochgan, biroq ular qochishga muvaffaq bo‘lgan. 

 

Tojikiston chegara xizmati Afg‘onistondan qilingan hujumni tasdiqladi


Qayd etilishicha, hodisa Xatlon viloyatining Farxor tumanida yuz bergan. Afg‘oniston tomondan 7 ta raketa otilgan. 4 ta snaryad Amudaryoga, yana 3 tasi yaqin atrofdagi o‘rmonga tushgan.

 

“Harbiy xizmatchilar terrorchilar bo‘lgan mashinani ko‘rishgan. Mashina yonib ketgan, uch nafar hujumchi yaralangan, birining ahvoli og‘ir”, — deyiladi Sputnik Tojikiston xabarida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика