1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Afrika ichkaridan parchalanmoqda: qit’a kelajakda ikkiga bo‘linishi mumkin

Olimlar qit’a o‘rtasida yangi okean paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Afrika ichkaridan parchalanmoqda: qit’a kelajakda ikkiga bo‘linishi mumkin

Magnit maydon bo‘yicha yangi tadqiqotlar Afrika qit’asi ichkaridan asta-sekin ajralib borayotganini ko‘rsatmoqda. Daily Mail nashriga ko‘ra, olimlar kelajakda bu jarayon davom etib, qit’a o‘rtasidan yangi okean paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

 

Buyuk Britaniyadagi Kil universiteti tadqiqotchilari Afrika va Arabiston plitalari orasida boshlangan geologik bo‘linishning aniq dalillarini topgan. Ularning aytishicha, bu jarayon shimoli-sharqdan janubga tomon cho‘zilib, seysmik faollik — yer qimirlashlari bilan birga kechmoqda.

 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bo‘linish jarayoni juda sekin kechadi va millionlab yillar talab etadi. Taxminlarga ko‘ra, 5–10 million yil ichida Afrika ikki katta hududga ajralishi mumkin: bir tomonda Misr, Jazoir, Nigeriya, Gana va Namibiya; boshqa tomonda esa Somali, Keniya, Tanzaniya, Mozambik va Efiopiyaning katta qismi joylashgan yangi geologik mintaqa shakllanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика