1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti etib saylandi

U shu tariqa 7-marta prezident bo‘ldi.

Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, Lukashenko nomzodini 86,28% belaruslik saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan.

 

Qolgan to‘rt nafar nomzod umumiy hisobda 8,83% ovoz to‘plashgan. “Barchasiga qarshi” variantiga 3,6% saylovchi ovoz bergan. Saylovda qatnashish ko‘rsatkichi 85,7%ni tashkil etgan. Rasmiy yakuniy natijalar 3 fevralda eʼlon qilinadi.

 

Yevropa Ittifoqi Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasligini eʼlon qildi. Yevrokomissiya saylovni soxta va noqonuniy deb atadi.

 

Belarus muxolifati yetakchisi, mustaqil maʼlumotlarga ko‘ra, 2020 yilgi saylovni g‘olib bo‘lgan Svetlana Tixanovskaya saylovni “Lukashenko rejimining yana bir spektakli” deya baholadi.

 

Aleksandr Lukashenko yettinchi marta Belarus prezidenti etub saylandi. Saylov natijalari unga kamida 2030 yilgacha hokimiyatda qolish imkonini beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика