Avvalroq Milliy tiklanish demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov uylarni isitish va ovqat tayyorlashda gazdan foydalanishni to‘xtatish taklifi bilan chiqqandi.
Bu ijtimoiy tarmoqda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgach, siyosatchi uni ommaviy chiqishlarda haqorat qilganlarni jazolash niyatida ekanini maʼlum qildi.
“Intizomsizga marhamat qilib jamiyatda nizomni beqadr qilayotganimizni tushundik.
Erkin jamiyat milliy taraqqiyotning o‘zagidir. Erkinlik – farosati borlar uchun imkoniyat, farosati yo‘q notavonlar uchun zahmat olib keladi.
Tanqidlarga ochiqmiz, muloqot va muhokama vazifamiz, lekin ommaviy chiqishlarda haqorat ishlatadigan farosatida nuqsonlilarni jazolash orqali jamiyatni o‘zgarishiga hissa qo‘shmoqchimiz”, degan Qodirov.


