YouTube uchun kontent tayyorlovchi 19 yoshli bloger Norme 264 soat-u 24 daqiqa uxlamasdan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
U bu jarayonni onlayn traslatsiya qilib bordi. Agar hushidan ketib, sog‘lig‘i yomonlashsa, buning oldini olish uchun yoniga tez tibbiy yordam xodimlaridan birini jalb qilgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, 96 soat yoki undan ko‘proq vaqt davomida uxlamaslik keng tarqalgan psixozga olib kelishi mumkin, bu og‘ir gallyutsinatsiyalar bilan tavsiflanadi. Uyqusizlikning taʼsiri ko‘pincha beshinchi kuni eng yuqori darajaga yetadi, keyin esa misli ko‘rilmagan taʼsirlar kuzatiladi.
12 kun davomida uxlamagan blogerning tanasida kelgusida salbiy asoratlar yuzaga kelishi mumkinligi aytilmoqda.


