1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda ishdan bo‘shatilgan tuman hokimiga mukofot puli ajratildi

Holat yuzasidan hokimlik rasmiy munosabat bildirdi.

Andijonda ishdan bo‘shatilgan tuman hokimiga mukofot puli ajratildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanining ishdan bo‘shatilgan hokimiga mukofot puli ajratilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi matbuot xizmati rasmiy izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, Asaka tuman hokimligi xodimlariga 2022-yil III-chorak yakunlari bo‘yicha xisoblanayotgan mukofot puli tuman hokimining 30-sentyabr kungi farmoyishiga asosan qilingan ilovaga muvofiq to‘lanishi ko‘zda tutilgan. Biroq tuman hokimligi mutaxassisining mas’uliyatsizligi bilan avvalgi choraklik mukofot puli ilovasi 30 sentyabr kungi farmoyishiga joylangan. 

 

Ta’kidlanishicha, mazkur farmoyish ilovasi “e-qaror.gov.uz” tizimiga xato kiritilganligi tuman hokimligi hisobchisi tomonidan aniqlanib, mukofot pullari tuman hokimligi xodimlariga to‘lanmagan. Farmoyish tayyorlanishida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman hokimligi mutaxassisi A.Abdurasulovga intizomiy jazo chorasi ko‘llangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика