1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda ko‘chadagi tandirlarga qarshi “urush” ochgan hokimga chora ko‘rildi

Mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi sifatida hayfsan berilgan.

Andijonda ko‘chadagi tandirlarga qarshi “urush” ochgan hokimga chora ko‘rildi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ekologik nazorat reydi vaqtida ko‘chada somsa pishiriladigan ayrim tandirlarga shikast yetkazilgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Videoda ishchi guruh rahbari bu ishni tuman hokimining topshirig‘i asosida bajarganini aytadi.

 

Andijon viloyati hokimligi ma’lum qilishicha, holat zudlik bilan o‘rganilgan va mas’uliyatga ega bo‘lgan Shahrixon tumani hokimiga intizomiy jazo sifatida “hayfsan” e’lon qilingan. Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, bunday vaziyatlar takrorlanmasligi uchun tegishli tushuntirish ishlari ham olib borilgan.

 

Mazkur voqea jamoatchilik orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar ekologik talablarning kuchaytirilishini qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar tadbirkorlarga bosim o‘tkazilgani haqida tanqid bildirdi. Hokimlik esa vaziyat nazoratga olinganini qayd etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика